Neymar PSJdan qachon ketishini aytdi
Keyingi bir necha transferlar mavsumida Neymarning PSJdan ketishi haqida xabarlar chiqmoqda.
Xususan, hozir ham braziliyalik yulduz yozda Parijni tark etishi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘xtatagni yo‘q.
RMC Sport nashrining ta’kidlashicha, Neymarning PSJdan ketish niyati yo‘q. U bor e’tiborini parijliklar bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga qaratgan.
Shunga qaramay, Neymar agar klub uni mavsum oxirida transferga qo‘ysagina jamoa bilan xayrlashishi mumkinligini bildirdi.
Neymar bu klubda 2017 yildan beri to‘p tepmoqda. PSJ hujumchini “Barselona”dan 222 million evroga transfer qilgan va bu ko‘rsatkich hamon takrorlanmas rekord bo‘lib turibdi. Shu paytgacha braziliyalik yulduz jami 171 ta uchrashuvda qatnashib, 117 ta gol va 76 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar