Neymar PSJga kutilmagan zarba berdi!
Neymar va PSJ o‘rtasidagi munosabatlar uzilish arafasida turibdi. Braziliyalik yulduz klub prezidenti Nasser Al-Xelaifiyning tanqidini eshitganidan keyin tiliga erk berib yubordi.
2017 yildan beri Parij klubida o‘ynab kelayotgan Neymar o‘zini PSJda juda yomon his qilayotganini ommaviy tarzda ta’kidladi.
Bu bayonotdan keyin o‘yinchi jamoada qola olmaydi. Uning o‘zi ham tezroq boshqa klubga o‘tishni istayapti.
Avvalroq, PSJ Neymardan qutilish uchun uni oladigan klubga o‘yinchining maoshini to‘lashda yordam berishini va’da qilgandi.
Yana uch yillik shartnomaga ega Neymar har mavsum uchun 50 million evrodan maosh olmoqda.

Fikrlar