Neymar "Santos" oʻyinchilari bilan janjallashdi

  • 27.07.2026 12:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya futbolining eng yorqin namoyandalaridan hisoblangan Neymar yana ko‘ngilsiz voqealar markaziga tushib qoldi. 

Braziliya ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, "Shapekoense"ga qarshi o‘yindan so‘ng jamoa hujumchisi jamoadoshlari — yarim himoyachi Gabriel Bontempo va himoyachi Joau Ananiasni qattiq tanqid ostiga olgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Neymarning bunday harakati nafaqat futbolchilar, balki murabbiylar shtabi va klub rahbariyatiga ham yoqmagan. Jamoa ichidagi muhit yomonlashib ketishidan xavotirlar paydo bo‘lgani aytilmoqda.

Globo Esporte manbasi yozishicha, "Santos" rahbariyati sodir bo‘lgan vaziyat yuzasidan ichki tekshiruv o‘tkazishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!