Neymar katta sovrinni ko‘zlayapti

  • 26.05.2022 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Neymarning klubdan ketishi kerakligi haqidagi xabarlar ko‘payib bormoqda. Biroq braziliyalik yulduzning parijliklar bilan uch yil davom etadigan kelishuvi hali amalda.

Manbalarning ta’kidlashicha, PSJ xo‘jayinlaridan yiliga 30 million evro maosh olayotgan Neymarning hozirgi muhitni o‘zgartirish istagi yo‘q. Chunki dunyoning hech bir jamoasi yoshi 30 dan o‘tayotgan futbolchiga bu qadar katta maosh to‘lamaydi.

Neymar maqsadini ochiq aytdi.  U PSJda qolib, jamoa bilan Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritmoqchi.

Neymar eng qimmat transfer sohibi hisoblanadi. Uni olish uchun parijliklar 2017 yili “Barselona”ga 222 million evro to‘lagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!