Neymar “singani”dan xursandman!
“Pari Sen-Jermen”ning sobiq hujumchisi Kristof Dyugarri braziliyalik yulduz Neymar to‘pig‘idagi jarohat tufayli mavsumning qolgan qismini o‘tkazib, yuborishiga munosabat bildirdi.
- Neymar safdan chiqqaniga xursandman. Bu Kristof Galte uchun misli ko‘rilmagan imkoniyat. Baribir qachondir bosh murabbiy shijoatini yig‘ib, braziliyalik hujumchidan voz kechishiga to‘g‘ri kelardi. Bu eng to‘g‘ri qaror.
Jamoa besh himoyachi, uch yarim himoyachi, hujumch chizig‘ida Lionel Messi va Kilian Mbappe bilan o‘ynaganda ancha kuchli ko‘rinish hosil qiladi. Neymar tarkibda bo‘lganida jamoa o‘yinni nazorat qila olmaydi.
Chunki to‘p yo‘qotilganida uch hujumchi himoyalanmaydi va PSJ qiyin ahvolga tushib qolib, ko‘p hujumni o‘tkazib yuboryapti.
Men bunga boshqa chiday olmayman, - dedi Kristof Dyugarri.
Fikrlar