Neymar tanqidlarga javob qaytardi

  • 18 iyun, 17:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
CHERY AUTO

"Santos" klubi yulduzi Neymar o‘zining hayot tarzi va bayramlarda ishtirok etishi bo‘yicha tanqidlarga javob berdi.

Tecno

"Odamlarda men haqimda — futbolchi, sportchi sifatida aniq bir tasavvur bor.

Ular men qatnashgan kechalar va karnavallar har kuni, doimiy ravishda bo‘lgan deb o‘ylashadi. Aslida esa men bu narsalarni faqat bo‘sh vaqtda, dam olish kunlari yoki ta’til paytida qilganman.

Men 15 yildan beri eng yuqori darajada o‘ynayapman, yirik klublar va Braziliya terma jamoasi safida maydonga tushyapman — bu juda katta fidoyilikni talab qiladi, ko‘p narsalardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Men nima haqida gapirayotganimni aniq bilaman.

Menga nasib bo‘lgan yutuqlarga erishish oson emasdi. Men bunga juda faxrlanaman," — dedi Neymar Flow Podcast'iga bergan intervyusida.

"Barselona" va PSJning sobiq hujumchisi Neymar yanvar oyida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubidan vatanidagi "Santos" jamoasiga qaytdi. 33 yoshli braziliyalik futbolchi bu jamoada 12 ta o‘yinda qatnashdi, biroq ko‘plab uchrashuvlarni jarohatlar sababli o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!