Neymar: "Vinisius hozir Braziliyaning eng muhim futbolchisi"
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Vinisius Juniornig jamoa uchun ahamiyati haqida fikr berdi.
Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turida braziliyaliklar Shotlandiyani 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Vinisius dubl muallifi bo‘ldi, Neymar esa 76-daqiqada zahiradan maydonga tushdi. Bu uning 2023 yildan beri terma jamoa safidagi ilk o‘yini bo‘ldi.
"Muxlislar va atrofimdagilarning qo‘llab-quvvatlashi meni xursand qiladi. Ammo jamoamiz yaxshi o‘yin ko‘rsatayotganidan yanada ko‘proq mamnunman.
Vining hozirgi formasidan juda xursandman. Bugungi kunda u jamoamizning asosiy futbolchisi. U ajoyib formada, jamoaga katta yordam bermoqda va o‘yinlar taqdirini hal qilayapti. Bu esa biz uchun juda muhim", — dedi Neymar.
Tajriba futbolchi pley-off bahslari oldidan ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Avval ham aytganimdek, juda xursandman. Endi oldimizda pley-off o‘yinlari turibdi. Asosiy maqsadimizga erishish uchun g‘alaba qozonishda davom etishimiz kerak", — dedi Braziliya terma jamoasi hujumchisi.

Fikrlar