Neymarga kutilmagan xaridor chiqdi
UOL nashri xabariga ko‘ra, "Milan" PSJ hujumchisi Neymarga qiziqish bildirmoqda. A seriya jamoasi uni ijaraga olmoqchi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, klub 30 yoshli braziliyalikning transferi - "rossonerilar" jahon futboliga darajasiga qaytganini bildiradi, deb hisoblamoqda.
Italiya klubi hujumchining butun maoshini to‘lash imkoniyatiga ega emas. Milanliklar Neymarga yiliga 15-20 million evro to‘lay olishini bildirgan va qolgan mablag‘ni Frantsiya klubi o‘z zimmasiga olishini kutmoqda.
Neymar o‘tgan mavsum PSJning barcha musobaqalar doirasidagi 28 o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining parijliklar bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar