Ngolo Kante qo‘rqmoqda
Frenk Lempard jamoasi so‘nggi mashg‘ulotlarini Ngolo Kantesiz o‘yin rejalari asosida o‘tkazmoqda, deya xabar bermoqda ESPN.
Manbaga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi koronavirus yuqtirib olishdan qo‘rqmoqda va umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etishga shoshilmayapti.
Joriy mavsumda Kante "Chelsi" libosida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol kiritgan.
Oldinroq, "Chelsi" futbolchilarni karantindan so‘ng futbolchilarni majburan jalb qilmaslikni va ularning qarorlariga hurmat bilan qarashini ma’lum qilgan edi.
Fikrlar