Niderlandiya terma jamoasi yetakchisi faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin
Niderlandiya terma jamoasi va "Korintians" klubi hujumchisi Memphis Depay Birlashgan Arab Amirliklari klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Braziliyaning "Korintians" klubida to'p tepayotgan niderlandiyalik forvard Memphis Depay faoliyatini Osiyo qit'asida davom ettirishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, hujumchi uchun ikki klubi "Shabab Al-Ahli" va "Al Vasl" klublari da'vogarlik qilmoqda. Ikki klub ham Depay uchun allaqachon shartnoma taklif qilishga ulgurgan, biroq futbolchi uchun taqdim etilgan sport va moliyaviy sharoitlar Depayning talablariga mos kelmagan. Avvalroq futbolchining qishda Braziliya klubini tark etishni o'ylayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Niderlandiyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi shu yilning oxirida yakuniga yetadi.
Ma'lumot uchun, Depay Niderlandiya terma jamoasining eng yaxshi to'purari hisoblanadi. Uning hisobida 108ta o'yinda 55ta gol mavjud.
Fikrlar