Nigeriya terma jamoasining 21 yoshli futbolchisi yurak xurujiga uchradi
Frantsiyaning "Bordo" klubi va Nigeriya terma jamoasi forvardi Samuel Kalu mashg‘ulotlar paytida yurak xurujiga uchradi. Bu haqda Today's Echo nashri xabar tarqatmoqda.
21 yoshli futbolchi Aleksandriya shahridagi kasalxonalardan biriga olib borilgan. Ayni damda uning axvoli yaxshi ekanligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Nigeriya terma jamoasi bugun Afrika Millatlar kubogi guruh bosqichining ilk turini Burundi terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Fikrlar