
Nigina Abduraimova frantsuz tennischilarini "dodi"ni berdi
Shu tariqa Nigina asosiy to‘r bahslari birinchi davrasida norvegiyalik Ulrikke Eikeriga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi. Ular o‘rtasidagi o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 dan so‘ng boshlanadi.
Frantsiyaning Kontreksvil shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan turnirda hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham ishtirok etmoqda.
Tennischimiz musobaqaning saralash bosqichida mezbonlar vakili Manon Leonardni, Irina Ramialisonni mag‘lubiyatga uchratib, asosiy davraga yo‘l oldi.
Fikrlar