
"Nijniy Novgorod" klubidagi legionerimiz "Andijon"ga qanday ta’rif berdi?
Bugungi kunda Rossiya premer ligasi ishtirokchisi – “Nijniy Novgorod” klubi sharafini himoya qilib kelayotgan Ibrohimhalil Yo‘ldoshevni yaxshi bilasiz.
O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi Rossiya maydonlarida o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lmoqda. Ushbu o‘yinchi ham bizning “Andijon” klubimizga befarq emas. Buni quyidagi so‘zlari orqali bilishingiz mumkin.
- “Andijon” juda yaxshi jamoa. Muxlislari o‘ziga yarasha ko‘p. O‘zbekistonda deyarli “Andijon”ning ishqibozlarini ko‘p deb ayta olaman. Masalan, mehmonga ham bir talay muxlislari bilan boradi. “Andijon” juda jamoaviy klub. Albatta, kelgusi muhim uchrashuvlarda ularga omad tilab qolaman".
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar