Nik Poup "Chelsi"ga o‘tishi mumkin. Londonliklar Kepadan norozi

"Byornli" darvozaboni Nik Poup faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin. Bu haqida Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, londonliklar Kepa Arrisabalaga o‘yinidan norozi bo‘lishmoqda, shu sabab unga raqobatchi olish kelishni rejalashtirishmoqda.

Ma’lumot o‘rnida Nik Poupning "Byornli" bilan amaldagi shartnomasi 2023-yil yozida yakuniga etadi.

Joriy mavsumda Angliya terma jamoasi darvozaboni APLda 24 ta o‘yinda maydonga tushib 22 ta gol o‘tkazib yubordi. O‘z navbatida 25 yoshli ispaniyalik esa 24 o‘yinda 30 ta to‘pni darvozasidan olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!