Niko Pas "Arsenal"ga rad javobini berdi

  • 30.03.2026 14:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi "Komo" yarim himoyachisi Niko Pasni oʻz safiga qoʻshib olishga qiziqish bildirgan. Bu haqida "Goal" portali xabar tarqatdi.

Manbaga koʻra, "kanonirlar" argentinalik futbolchini transfer qilishni istagan, biroq oʻyinchining oʻzi bu taklifni rad etgan.

Qayd etilishicha, 21 yoshli yarim himoyachi hozircha "Komo"da qolishni yoki faoliyatini Madridning "Real" klubida davom ettirishni xohlamoqda.

Niko Pas Italiya jamoasi safida 2024 yil avgustidan buyon toʻp tepib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxiriga qadar moʻljallangan.

Futbolchining bozor qiymati 65 million yevro deb baholanmoqda.

Joriy A Seriya mavsumida Pas 29 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!