Niko Uilyams: "Final – bizning yagona maqsadimiz"

  • 18 aprel, 15:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletik" yarim himoyachisi Niko Uilyams jamoaning Evropa ligasi yarim finaliga chiqishini yuqori baholadi. Basklar chorak finalda "Reynjers"ni ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra (0:0, 2:0) mag‘lub etdi.

Tecno

"Jamoa katta yutuqqa erishdi. O‘tgan mavsumda Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdik, bu yil esa Evropa ligasi yarim finalidamiz. Umid qilamanki, finalgacha etib boramiz – jamoa bu uchun barcha kuchini sarflayapti.

Juda xursandmiz, lekin kurashni davom ettirishimiz kerak. Final – bizning yagona maqsadimiz" – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi ispaniyalik vinger.

Eslatib o‘tamiz, "Atletik" yarim finalda "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs olib boradi. Evropa ligasi finali 21 may kuni Bilbaodagi "San-Mames" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!