Nikolas Jekson Angliyaga qaytishi mumkin — "Nyukasl" da'vogarlar qatorida

  • 27.04.2026 13:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi' klubiga tegishli bo‘lgan, ayni paytda ijara asosida "Bavariya" safida o‘ynayotgan hujumchi Nikolas Jekson yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin.

Xabar qilinishicha, Myunxen klubi senegallik futbolchining shartnomasini to‘liq sotib olishni rejalashtirmayapti. Shu bois, Jekson yaqin vaqt ichida Angliyaga qaytishi kutilmoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchiga asosiy qiziqish bildirgan klublardan biri — "Nyukasl". "Qarg‘alar" 24 yoshli forvard uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Joriy mavsumda Jekson barcha musobaqalarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Uning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilga qadar mo‘ljallangan. Futbolchining transfer qiymati 40 million yevro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!