
Nikolay Tishenko "Andijon"da ish boshladi
Tojikistonda yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini faollik bilan o‘tkazayotgan "Andijon" parallel ravishda yozgi selektsiya ishlarini ham olib boryapti. Bunday o‘zgarishlar asosiy tarkib bilan bir qatorda murabbiylar shtabida ham yuz beryapti.
Klub matbuot xizmatining yozishicha, jamoaning murabbiylar shtabiga ukrainalik Nikolay Tishenko qo‘shildi. U analitik mutaxassis sifatida faoliyat olib boradi.
1987 yilning 12 dekabr sanasida tavallud topgan Nikolay Vitalevich 2023 va 2024 yilgi mavsumlarda Muborakning “Mash’al” jamoasida ham ishlagan.
Umuman olganda, Tishenko bunga qadar “Agrodim” (Ukraina), “Ednist” (Ukriana), “Riga” (Latviya), “Mash’al” va “Muras Yunayted” (Qirg‘iziston) klublarida faoliyat olib borgan.
Tishenko jamoamizning Tojikistondagi yig‘iniga qo‘shildi va endilikda “Andijon”da analitik mutaxassis vazifasida ish olib boradi.
Fikrlar