Nima uchun Dogʻiston va Kavkazdan chiqqan jangchilar MMA da katta yutuqlarga erishmoqdalar?
Oxirgi yillarda Dogʻiston va Kavkazdan chiqqan aralash jang sanʼati vakillari jahon arenasida tobora koʻproq muvaffaqiyat qozonmoqda.
Taniqli murabbiy Xavyer Mendesning taʼkidlashicha, aynan Abdulmanap Nurmagomedovning mehnati, tarbiya uslubi va mashgʻulotlarga boʻlgan qatʼiy yondashuvi koʻplab yosh jangchilar uchun yoʻl ochib bergan. U nafaqat oʻgʻli Xabibni dunyo chempioni darajasiga yetkazdi, balki butun bir avlod sportchilarini ilhomlantirdi.
Murabbiyning soʻzlariga koʻra, Abdulmanap jangchilarga faqat texnika va taktikani emas, balki tartib-intizom, hurmat va masʼuliyat kabi qadriyatlarni ham singdirgan. Shu bois, bu maktabdan chiqqan sportchilar nafaqat oktagonda, balki uning tashqarisida ham oʻzini namunaviy tuta oladi.
Xavyer Mendes Nurmagomedovlar oilasining aralash jang sanʼati rivojiga qoʻshgan hissasini alohida qayd etar ekan, Abdulmanapning oʻrnini toʻldirish qiyinligi, ammo uning uslubi va merosi shogirdlari orqali davom etayotganini taʼkidladi.

Fikrlar