Nimalar qilyapsan? Xabi Alonso "Chelsi"da olti hujumchi bilan xayrlashmoqchi

  • 15.07.2026 23:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Chelsi» klubi yangi mavsum oldidan tarkibni qayta shakllantirar ekan, hujum chizig‘i bo‘yicha bir qator muhim qarorlar qabul qilmoqda. 

The Athletic nashri ma’lumoticha, ispaniyalik yosh hujumchi Mark Giu transfer oynasi yopilguncha klubni tark etishi kutilmoqda. Unga nisbatan ham ijarа, ham to‘liq sotib yuborish varianti ko‘rib chiqilyapti.

Shu bilan birga, «Chelsi» rahbariyati haligacha qaysi hujumchidan voz kechish bo‘yicha yakuniy qarorga kelgani yo‘q. Yozgi transfer davrida Nikolas Jekson, Liam Delap yoki Emmanuel Emega klubni tark etishi mumkin. O‘tgan mavsumni «Bavariya» safida ijarada o‘tkazgan Jekson esa jamoaning mavsumoldi safariga kiritilgan va bosh murabbiy Xabi Alonso ko‘z o‘ngida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Klub, shuningdek, hujumchilar David Datro Fofana va Deivid Vashington bilan ham xayrlashishni rejalashtirmoqda. Fofana transferga qo‘yiladi, Vashington esa boshqa jamoaga ijaraga yuboriladi. 

Xuddi shu qaror yosh forvard Shumayra Meuekiга nisbatan ham qabul qilingan — u ham faoliyatini ijarа asosida davom ettirishi kutilmoqda.

Natijada, aynan shu yozda «Chelsi»ning hujum chizig‘i sezilarli darajada yangilanishi mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!