"ning sobiq bosh murabbiyi "Milan"ni boshqarishi mumkin

  • 25.05.2026 23:59
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

MilanNews nashrining xabar berishicha, Massimiliano Allegri iste’fosidan so‘ng “Milan” rahbariyati yangi murabbiy qidirish ishlarini boshlagan. Asosiy nomzodlar sifatida ikki ispaniyalik mutaxassis — Xavi va Andoni Iraola ko‘rilmoqda.

Manbaga ko‘ra, “rossonerilar” har ikki murabbiyning agentlari bilan aloqaga chiqqan. Xavi 2024 yilda kataloniyaliklarni tark etganidan beri hech qaysi klubda ishlamagan. Iraola esa “Bornmut”ni klub tarixida ilk bor evrokuboklarga olib chiqqan edi.

Ma’lumot uchun, “Milan” joriy mavsum A Seriyani 5-o‘rinda yakunlab, Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!