
Nizomiddin Ziyovutdinov "Qo‘qon-1912"ni tark etdi
Pro vakili “Qo‘qon-1912” jamoasi safida o‘zgarishlar yuz berayotganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Bu xususida saytimiz orqali yangiliklarni e’tiboringizga havola qilib bormoqdamiz.
Sports.uz ma’lumotiga qaraganda, qo‘qonliklar tarkibini iqtidorli darvozabon Nizomiddin Ziyovutdinov tark etdi.
Ma’lumot uchun, ushbu posbon yakuniga etgan mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasida 16 ta uchrashuvda ishtirok etdi hamda 8 ta o‘yinni “quruq” o‘tkazdi. Ya’ni, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan. Qolaversa, “Mash’al”ga qarshi pley-off uchrashuvida penaltilar seriyasida ham o‘zini ko‘rsatgani yodimizda.
Xo‘sh, Ziyovutdinov yangi mavsumni qaysi jamoada boshlaydi? Tabiiyki, futbolchi o‘zi uchun qulay variantlardan birini tanlaydi. Voqealar rivojini esa kuzatamiz.
Fikrlar