Nmecha uchun kurash qizimoqda: "Nyukasl" ham yarim himoyachini qo‘lga kiritmoqchi
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Feliks Nmecha faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin.
⠀
Sky Sports xabariga ko‘ra, "Nyukasl" germaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Qayd etilishicha, jamoa bosh murabbiyi Eddi Xau Nmechaning muxlisi hisoblanadi va uni 2023 yilda ham transfer qilishni istagan. Biroq o‘shanda klub tanlovni Sandro Tonali foydasiga qilgan.
⠀
Feliks Nmechaning "Borussiya" bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Unda 85 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan. Biroq "Nyukasl" yarim himoyachini ancha pastroq mablag‘ evaziga sotib olishni rejalashtirmoqda.
⠀
Sky Sport Deutschland ma’lumotiga ko‘ra, Germaniya terma jamoasi a’zosi uchun "Manchester Yunayted" ham ish olib bormoqda. Shuningdek, "Manchester Siti", "Liverpul" va "Real" ham futbolchiga qiziqish bildirgan. Ayni paytda manba ushbu yozda tovon puli haqidagi band amal qilmasligini ham ta’kidlagan.
Nmecha o‘tgan mavsum Bundesligada 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar