Nodirbek Abdusattorov: "Sindarovning g‘alabasi butun mamlakatimiz uchun ulkan yutuq"

  • 6 dekabr, 16:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovning Jahon kubogidagi g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Hamyurtingizning jahon kubogidagi g‘alabasini qanday qabul qildingiz?

- Undan behad xursandman. Bu butun mamlakatimiz uchun ulkan yutuq, o‘zbek shaxmati uchun faxrdir. U O‘zbekistonning haqiqiy ruhini ko‘rsatib, jahon kubogini qo‘lga kiritdi va da’vogarlar turniriga yo‘l oldi. Ishonamanki, u erda ham o‘zini ko‘rsatadi va umid qilamanki, g‘alaba qozonadi.

- Da’vogarlar turniri tarkibi haqida qanday fikrdasiz? Karvana, Nakamura, Giri kabi veteranlar bor, lekin yoshlar ham bor - Blyubaum, Sindarov, Esipenko... Bu tarkib senga avvalgidan zaifroq tuyulyaptimi?

- Yo‘q, men zaifroq emas, balki kamroq tahmin qilinadigan deb aytgan bo‘lardim. Albatta, Karuana, Nakamura va Girida tajriba ko‘proq, lekin Javohir, Vey I yoki Esipenko kabi yosh yigitlar cho‘qqi uchun kurashsa, ajablanmayman. Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu juda qiziqarli turnir bo‘ladi, - dedi Abdusattorov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!