
Nodirbek Abdusattorov uchun qiyin kechgan musobaqa yakunlandi
AQShning Sent-Luis shahrida o‘tkazilgan “Sinquefield Cup-2025” turnirining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi. Kecha turnirning so‘nggi 9-tur o‘yinlari o‘tkazilib, unda dona surgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov qora donalarda AQSh vakili Uesli So bilan kuch sinashdi.
Mukofot jamg‘armasi 350 ming AQSh dollaridan iborat turnirning mazkur turida omad amerikalik shaxmatchiga kulib boqdi. Abdusattorovni mag‘lub etgan So musobaqaning tay-brek bosqichida muvaffaqiyatga erishib, “Sinquefield Cup-2025” g‘olibiga aylandi. Keyingi o‘rinlarni AQShlik Fabiano Karuana va hindistonlik Rameshbabu Praggnanandxa egalladi.
Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov faoliyati mobaynida eng og‘ir va murakkab sanalgan ushbu turnirni 2.5 ochko bilan yakunladi va turnir nizomiga muvofiq 10 ming 500 AQSh dollarini qo‘lga kiritdi.
Musobaqada 1-o‘rinni egallagan So 100 ming, 2-o‘rin sohibi Praggnanandxa 65 ming, 3-o‘rindan joy olgan Karuana 48 ming bilan taqdirlandi.
Fikrlar