Nokaut bilan g‘alaba qozongan Jahongir Zokirov final bo‘yicha munosabatini bildirdi
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida o‘ta og‘ir vazn toifasida jang qilayotgan bokschi Jahongir Zokirov Osiyo o‘yinlari-2026 finali oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
U hal qiluvchi jangda Qozog‘iston boks jamoasi sardori Aybek Oralbayga qarshi ringga ko‘tariladi.
- Assalomu alaykum. Hozircha taassurotlar juda yaxshi. Sport formamiz a’lo darajada. Nasib qilsa, finalda ham qozog‘istonlik raqibim bilan odatdagidek o‘zaro hisob-kitoblarimiz bor.
Nasib qilsa, bu safar oltin medalni qo‘lga kiritib, yurtimizga olib qaytamiz. Bu natijalarga erishishimizda murabbiylarimiz xizmatini alohida ta’kidlamoqchiman, — dedi Zokirov.
Ma’lumki, Osiyo o‘yinlari-2026 yarim finalida Aybek Oralbay hindistonlik Narenderga qarshi jang qildi. U raqibini bir ovozdan (5:0) mag‘lub etdi va jang davomida nokdaunga yubordi.
Zokirov esa ikki karra olimpiya chempioni Bahodir Jalolovning munosib vorisi sifatida tilga olinmoqda. U yarim finalda eronlik Amir Esmaili Vandeiga qarshi jangda ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga zafar qozondi.
Oralbay va Zokirovning so‘nggi to‘qnashuvi 2025 yilda Liverpul shahriда o‘tkazilgan World Boxing jahon chempionati finalida ro‘y bergan edi. O‘shanda Aybek Oralbay jangni kambek bilan yakunlab, hakamlarning qarori (3:2) bilan g‘alaba qozongan, tarixiy oltin medalni qo‘lga kiritgan va shu bilan birga Qozog‘istonga umumjamoaviy hisobda O‘zbekistonni ortda qoldirish imkonini bergan edi.

Fikrlar