Nokaut! O‘zbekistonlik jahon chempioni raqibini yanchib tashladi

  • 27.09.2026 10:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonlik bokschi Fazliddin Erkinboev Ayti va Nagoya (Yaponiya) shaharlarida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida navbatdagi jangini o‘tkazdi. 

80 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi chorak final bahsida unga Shri-Lanka terma jamoasi a’zosi Muhammad Usait Yazmin raqiblik qildi. Jangning birinchi raundidayoq Erkinboev ustunlikni qo‘lga kiritib, raqibini nokautga uchratdi va chorak finalni ishonchli g‘alaba bilan yakunladi.

Bu natija bilan Fazliddin Erkinboev musobaqa yarim finaliga yo‘l oldi va kamida bronza medalni o‘zinik qilib bo‘ldi. Uning raqibi Muhammad Usait Yazmin esa Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini mukofotsiz yakunladi. 

Qayd etish kerakki, Erkinboev 2025 yilda World Boxing versiyasi bo‘yicha jahon chempioni, shuningdek, 2025 yildgi jahon chempionati (IBA)ning bronza medali sohibi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!