Norvegiyalik futbolchilar zo‘r ekan! “Arsenal” ilk taklifni tayyorlayapti

  • 23.07.2026 10:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning amaldagi chempioni “Arsenal” klubi rahbariyati  Bundesliga vakili “RB Leyptsig” va Norvegiya terma jamoasi yarim himoyachisi Antonio Nusani nishonga oldi.

CaughtOffside  nashri ma'lumotiga ko‘ra, London klubining futbolchiga bo‘lgan qiziqishi kun sayin ortib bormoqda.

“To‘pchilar” futbolchi uchun 40 million yevro miqdorida taklif tayyorlamoqda.

Biroq bu summa nemislarni qoniqtirmasligi aniq. Chunki “RB Leyptsig” o‘z futbolchisining transferidan kamida 60 million yevro ishlab topishni istamoqda.

Norvegiyalik yarim himoyachi vaziyatini “Nyukasl” va “Yuventus” kabi nufuzli klublar ham kuzatib bormoqda.

Antonio Nusa 2024 yilda “Bryugge”dan “RB Leyptsig” klubiga 21 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi.

2025/2026 yildgi mavsumda futbolchi Germaniya klubi safida barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!