"Nottingem Forest" portugaliyalik murabbiy uchun tovon puli to‘lashga tayyor

  • 20.10.2025 17:16
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Nottingem Forest" qoniqarsiz natijalardan so‘ng bosh murabbiy Anje Postekoglu bilan xayrlashdi. Klub rahbarlari hozirda yangi murabbiy izlash bilan band.

Jamoa radaridan "Fulxem"ni boshqarib kelayotgan portugaliyalik mutaxassis Marku Silva o‘rin olgan. Mashhur insayder Janluka Di Martsioning xabar berishicha, "o‘rmonchilar" Silva bilan amaldagi shartnomada ko‘rsatilgan tovon pulini to‘lashga tayyor.

Di Martsio aniq miqdorni oshkor etmagan, biroq Britaniya OAVlari avvalroq Silva bilan shartnoma imzolash uchun 8 million funt (taxminan 9,2 million evro) to‘lash kerakligini yozgan edi.

Ma’lumot uchun, "Nottingem Forest" APLning 8-turidan so‘ng 5 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!