Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Novak Jokovich koronavirus aniqlangan basketbolchi bilan uchrashgan

Zohir2018
Izohlar: 0

Novakda virus aniqlansa ko‘plab tennischilar karantinga olinadi

Dunyoning eng kuchli tennischisi Novak Jokovich "Adria Tour" ko‘rgazmali turnirini o‘tkazishdan oldin, koronavirus kasalligi bilan o‘zini xavf ostiga qo‘ydi.

O‘tgan haftada Novak serbiyalik basketbolchi Deyan Miloevich tomonidan o‘tkazilgan marosimga borgan. U bazmda "Partizan" jamoasi o‘yinchisi Nikola Yankovich bilan suhbatlashgan. Marosimdan bir necha kun o‘tgandan so‘ng Nikolada koronavirus aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Novak Jokovich ushbu kechadan so‘ng o‘zi tomonidan o‘tkazilgan turnirda ikki o‘yin o‘tkazgan va musobaqa ishtirokchilari bilan suhbatlashgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q