Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Novak Jokovich "US Open"da ishtirok etmaydi

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

Avvalroq, Novak xuddi shu sabab tufayli Avstraliya ochiq chempionatini ham o‘tkazib yuborgandi.

"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnirlarning 21 karra g‘olibi Novak Jokovich "US Open"da ishtirok etmaydi.

Bunga uning koronavirusga qarshi vaktsina olishdan bosh tortgani sabab bo‘ldi. Uning o‘zi holatga quyidagicha izoh berdi. "Afsuski, bu safar Nyu-Yorkka bora olmayman. Mehringiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Barcha ishtirokchilarga omad tilayman!

Men sport formamni yaxshi darajada ushlab turishga harakat qilaman va keyingi o‘yinimni intizorlik bilan kutaman. Tez orada...",-deya yozib qoldirdi serbiyalik raketka ustasi.

Avvalroq, Novak xuddi shu sabab tufayli Avstraliya ochiq chempionatini ham o‘tkazib yuborgandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q