Novak Jokovichni kim to‘xtatadi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Serbiyalik tennischi Novak Jokovich "Uimbldon" chempionatining birinchi davrasini barcha kutganidek g‘alaba bilan boshladi.

Novak mazkur bosqichda germaniyalik Filipp Kolshrayberga qarshi kortga chiqdi. Ikki soat ikki daqiqa o‘tgan o‘yinda Jokovich 6:3, 7:5, 6:3 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa dunyoning birinchi raqamli tennischisi "Katta dubulg‘a" turkumidagi musobaqaning navbatdagi davrasida amerikalik Denis Kudlaga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Шовкат
01/07/2019 19:34
Хар кимга хам 5кун давр