Noyer 40 yoshida Angliyani zabt etmoqchi

  • 08.04.2026 08:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Germaniya futboli afsonasiga aylangan “Bavariya” jamoasi darvozaboni Manuel Noyer faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Nemis darvozaboni professional faoliyati davomida Bundesligadan chetga chiqmagan. 2005 yili “Shalke” darvozasini qo‘riqlay boshlagan mahoratli golkiper 2011 yili “Bavariya”ga o‘tgan va hamon myunxenliklar sharafini himoya qilmoqda.

Joriy mavsum Noyer uchun sog‘liq muammolari sabab murakkab kechdi va shuning uchun 40 yoshli nemis hali 30 ta o‘yinda ham ishtirok etgani yo‘q.

“Bavariya” mavsum oxirida Noyernig shartnomasi tugashini inobatga olib, u bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Agar Manuel Myunxenda qolsa ham, klub endi Noyerg asosiy darvozabon o‘rnini kafolatlay olmaydi, chunki yozda yangi darvozabon sotib olishni rejalashtirmoqda.

Bundesliga grandining asosiy nishoni “Brayton” darvozaboni Bart Verbryuggen hisoblanadi.

TEAMtalk nashri ma’lumotiga ko‘ra, Noyer vakillari allaqachon unga yangi jamoa qidirishni boshlab yuborgan va unga qiziqish bildirgan klublar orasida “Tottenxem” va “Nyukasl” ham bor.

“Tottenxem” kelasi yozda o‘zining asosiy darvozaboni Gulyelmo Vikariyo bilan xayrlashishni rejalashtirgan, “Nyukasl” esa ijaradan so‘ng “Sautgempton”ga qaytadigan  Aaron Ramsdeyl bilan xayrlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!