Noyer Donnarummani tanqid qildi, Italiyalik posbonning agenti bunga javob qaytardi
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/4 finalida PSJ "Bavariya"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvning ilk taymida Jamal Musiala Donnarumma bilan to‘qnashuvda og‘ir jarohat oldi – u maydondan nosilkada olib chiqildi va unda oyoq sinishi aniqlandi.
Musobaqa so‘nggida "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer raqibini tanqid qildi:
"U bunday o‘ynashi shart emasdi! Jarohat xavfini yaxshi tushunardi. Uni chaqirdim: "Bunday o‘ynash shart emas edi! U jarohat etkazishi mumkinligini tushunardi. Men Janluijiga: "Uning oldiga borishni xohlamaysanmi?" dedim. Men boshqacha munosabat bildirgan bo‘lardim" – dedi Noyer.
Uning tanqidiga Vinchentso Rayola javob qaytardi:
"Aslida, men Noyerni tushunaman. Tibo Kurtua aytganidek, u o‘z jamoadoshini himoya qilishi tabiiy hol. Shuningdek, u boshqacha yo‘l tutish mumkin edi, deb aytganida ham haq. Bu to‘g‘ri, lekin biz hammamiz turlichamiz va har birimiz qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz. Bu darvozabonlar va hujumchilar o‘rtasidagi abadiy bellashuvdagi o‘yin epizodi edi. Bu futboldagi klassik to‘qnashuv. Donnarumma o‘tgan dekabrda "Monako"ga qarshi o‘yinda ko‘zidan ayrilish xavfiga tushgan, Noyer esa 2014 finalida Iguainga qattiq zarba bergandi. Keyin kechirim so‘ragan" – deya javob berdi Janluijining agenti Rayola.



Fikrlar