Noyer EChLda tarixiy rekord o‘rnatdi
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer darvozabonlar o‘rtasida Evropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. 22 oktyabr, chorshanba kuni myunxenliklar 39 yoshli germaniyalik futbolchi bilan EChL umumiy bosqichining 3-turida "Bryugge"ni (4:0) tor-mor etdi.
"Bryugge" ustidan qozonilgan g‘alaba Manuel Noyer uchun Evropaning asosiy klub turnirida 102-chisi bo‘ldi, bu darvozabonlar o‘rtasidagi rekord ko‘rsatkichdir. Reytingda "Bavariya" posboni "Real"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyasni ortda qoldirdi.
Manuel Noyer 2011 yil yozidan buyon "Bavariya" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda darvozabon barcha turnirlarda (jumladan, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida) 16 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar