Noyer PSJga qarshi oʻyinda antirekordni takrorladi

  • 29.04.2026 02:55
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer PSJga qarshi yarim finalning ilk uchrashuvida (4:5) darvozaga yo‘naltirilgan barcha zarbalarni o‘tkazib yubordi. Parijliklar 5 marta aniq zarba berdi — Noyer birorta seyv amalga oshira olmadi.

Opta ma’lumotiga ko‘ra, Chempionlar ligasi pley-off bosqichida bunday holat oxirgi marta 2000 yilda kuzatilgan. O‘shanda “Chelsi” darvozaboni Ed de Guy “Barselona”ga qarshi o‘yinda 5 ta gol o‘tkazib yuborgan va birorta seyv qilmagan edi.

Ma’lumot uchun, javob uchrashuvi 6 may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!