Noyer va "Bavariya" o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi
Darvozabon Manuel Noyerning "Bavariya"da qolishi so‘roq ostida qolmoqda. Bu haqda Kicker nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 34 yoshli posbon va myunxenliklar o‘rtasida ko‘pdan buyon muzokaralar o‘tkazilib kelinayotgan edi. Ammo, yakunda bu muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Chunki, klub unga 2023 yilga qadar shartnoma taklif qilgan. Noyer esa 2025 yilgacha shartnoma va yiliga 20 mln evro maosh so‘ragan.
Manuel Noyer “Bavariya” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar