Noyerning Germaniya kubogi finali va JChdagi ishtiroki so‘roq ostida
“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer jamoaning kechagi mashg‘ulotida ishtirok etmadi va bugungi tayyorgarlikni ham o‘tkazib yuboradi.
Avvalroq 40 yoshli golkiper “Kёln”ga qarshi Bundesliga bahsidan keyin chap oyoq boldir qismida mushak bilan bog‘liq muammolar sezayotganini xabar qilingan edi.
"Bild" ma’lumotiga ko‘ra, ertaga Noyer tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Tekshiruv natijalari uning tiklanish darajasini ko‘rsatib beradi va darvozabonning Germaniya kubogi finali oldidan mashg‘ulotlarga qachon qaytishi aniqlashadi.
Shuningdek, tajribali futbolchining Jahon chempionatida ishtirok etishi ham tekshiruv natijalariga bog‘liq bo‘ladi.

Fikrlar