
Nursulton Ro‘ziboev bilan kurashgan MMA ustasi Islom Maxachev bilan jang qilmoqchi!
UFC jangchisi Xoakin Bakli promoushen yulduzi Islom Maxachev bilan ehtimoliy bahs haqida gapirdi.
"Islom yarim o‘rta vazn toifasiga o‘tmoqda. Endi diviziondagi hamma u bilan jang qilishni hoxlashi aniq. Bu juda zo‘r. Hozircha Maxachev bilan yo‘llarimiz to‘qnashmadi, biroq bir kun shu ish sodir bo‘lganida, men uning eng dahshatli tushiga aylanaman" - dedi amerikalik MMA ustasi.
Ma’lumot uchun, Bakli va hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboev "UFC on ESPN 56" turnirida jang qilgan va unda amerikalik ochkolar evaziga g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar