Nursulton Ro‘ziboev yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozondi!

  • 18.05.2025 02:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Xabaringiz bor, ayni paytda AQShning Las-Vegas shahrida "UFC Fight Night 256" turniri bo‘lib o‘tmoqda.

E’tiborlisi, hozirgina hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboev ishtirokidagi jang yakunlandi. To‘liq 3 raund davom etgan bahsda vakilimiz hakamlarning yakdil qarori bilan Dastin Shtoltsfusni engib, UFC dagi to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Ro‘ziboev mazkur promoushenda o‘tkazgan janglaridan faqat bittasida ochkolar bo‘yicha mag‘lub bo‘lgan. Qolgan barcha janglarida g‘alaba qozonib qelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!