Nursulton Ro‘ziboevning raqibi o‘zgardi! Bu safargisi kuchliroq

  • 24.07.2023 17:58
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Oldinroq UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboev 30 iyul kuni Toshkentdagi "INDEX" savdo majmuosida bo‘ladigan professional boks oqshomida jang qilishi haqida xabar bergan edik. Aslida unga gruziyalik Mihail Kutsishvili (32-51-6, 17KO) raqib bo‘lishi kerak edi. SPORTS.uz saytiga berilgan ma’lumotga ko‘ra uning raqibi o‘zgardi. Bu safargisi kuchliroq bokschi rossiyalik Sergey Goroxov (13-6-2, 9KO) bo‘ladi. 
 
Eslatib o‘tamiz, mazkur boks oqshomi "Akhmad Fight Promotion" kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!