"Nyukasl" bosh murabbiyi "Barselona"ga qarshi o'yinni juda muhim deb hisoblamoqda

  • 10.03.2026 02:41
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida "Barselona"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, ushbu o‘yin klubning so‘nggi yillardagi eng muhim bahslaridan biri hisoblanadi.

"Bu — klubimiz yangi tarixidagi eng katta o‘yin. Biz aynan shu ruhiyat bilan maydonga chiqishimiz kerak. O‘yning ahamiyatini to‘g‘ri qabul qilish va o‘zimizni tayyorlash avvalgi uchrashuvlarda bizga yordam bergan.

Anderdog sifatida maydonga tushish ham bizga foyda bergan holatlar bo‘lgan. Barcha imkoniyatlar raqib tomonida bo‘lgan paytlarda ham biz psixologik jihatdan to‘g‘ri yondashuvni topa oldik. Bu safar ham shu jihatlardan foydalanishimiz kerak.

Guruh bosqichidagi o‘yinda biz yomon harakat qilmagan edik. Raqib ham yaxshi o‘ynagandi. Ayniqsa birinchi bo‘limda bizda xavfli vaziyatlar ko‘p bo‘ldi, ammo ulardan foydalanа olmadik. Raqib esa imkoniyatlarini golga aylantira oldi.

Ularning yarim himoya chizig‘i o‘yinni juda yaxshi nazorat qildi va uchrashuv taqdirini hal qildi. Bizda ham imkoniyatlar bo‘ldi, lekin ularni yo‘qotib qo‘ydik", — dedi Xau UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, dastlabki uchrashuv 10 martdan 11 martga o‘tar kechasi soat 01:00'da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!