“Nyukasl” eng zo‘r darvozabonlardan biriga xaridor

  • 7 noyabr, 2021, 10:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tarkibni keskin kuchaytirish payida bo‘lgan “Nyukasl” rahbariyati “Barselona”ning asosiy posboni Mark-Andre ter Shtegen uchun xarajat qilishga tayyor.

Germaniyalik darvozabon yozda “Barselona” italiyalik Janluiji Donnarummani olishga harakat qilganidan xabar topganidan keyin klub mutasaddilaridan norozi bo‘lgandi. Shu bois, Mark-Andrening o‘zi ham Kataloniyadan ketishga qarshi emas.

“Nyukasl” bu transferni amalga oshirish uchun kataloniyaliklarga 47 million evro taklif qilmoqchiligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Albatta, bu summa moliyaviy qiyinchilikni engib o‘tolmayotgan “Barselona”ni to‘liq qoniqtiradi.

Mark-Andre ter Shtegen joriy mavsumda 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 15 ta to‘p olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!