"Nyukasl" katta transferga hozirlik ko‘ryapti
Yozgi transferlar oynasida Kristian Pulishich “Chelsi”ni tark etishi mumkin edi. “GiveMeSport” nashri takidlashicha, unga “Nyukasl” klubi jiddiy qiziqish bildirgan.
O‘tgan mavsumda Pulishich asosiy tarkibdan tushib qolgan edi. Ammo u Grem Potter qo‘l ostida jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylanish uchun harakat qilmoqda.
“Chelsi” 2019 yilda Kristianni Dortmundning “Borussiya” klubidan 64 million evro evaziga sotib olgan edi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z nihoyasiga etadi
Pulishich ushbu mavsum barcha chempionatlarda 9ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar