
"Nyukasl" rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga 3 nafar mutaxassis nomzodini ko‘rib chiqmoqda
Angliyaning "Nyukasl" klubi rahbariyati bosh murabbiy Rafael Benites o‘z lavozimini tark etgach, uning o‘rniga munosib nomzod qidirishni boshlab yuborishdi.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra "qarg‘alar"ning short-listida Avraam Grant, Jovanni van Bronkxorst va Klaudio Raneri kabi mutaxassislarning nomzodi mavjud.
Ta’kidlash kerakki, Grant ayni damda Hindistonning "NortIst Yunayted" klubida maslahatchi lavozimida faoliyat olib bormoqda. Van Bronkxorst hamda Raneri esa hozirda ishsiz hisoblanishadi. Ularning so‘nggi ish joylari "Feyenoord" va "Roma" klublari bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, “Nyukasl” o‘tgan mavsum APLni 14-pog‘onada yakunladi.
Fikrlar
"Xazil" ????