"Nyukasl" "Real" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

  • 09.04.2026 13:09
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya Angliya Premier-ligasi vakillari diqqat markazida qolmoqda.

Jurnalist Grem Beyli ma'lumotiga ko‘ra, "Nyukasl" 22 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasi uchun asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilagan. "Qarg‘alar" hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va yaqin orada "qaymoqranglilar"ga ispaniyalik forvard bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqishi mumkin.

Gonsalo Garsiya "Real"ning asosiy tarkibida kamdan-kam holatda maydonga tushmoqda. U jamoada Kilian Mbappening o‘rinbosari sifatida qaralmoqda.

Transfermarkt bahosiga ko‘ra, yosh hujumchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi. Uning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!