"Nyukasl" sardorini MYu ilib ketmoqchi

  • 19.03.2026 13:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Bruno Gimaraeş yozgi transfer oynasida "Nyukasl"ni tark etishi mumkin. Bu haqida "Utd Report" manbasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, "Manchester Yunayted" 28 yoshli yarim himoyachi bilan muzokaralar olib bormoqda. Braziliyalik futbolchi kelasi yozda taxminan 80 million yevro atrofida sotuvga qo'yilishi mumkin.

Biroq manchesterliklar uchun asosiy muammo raqobat bo'lishi kutilmoqda. Xususan, Madriddning "Real" klubi ham yarim himoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida Gimaraeshni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilishi mumkin.

Futbolchining "Nyukasl" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portaliga ko'ra, uning bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!