"Nyukasl" yulduzi "Barselona" ustidan g'alaba kozonishiga ishonmoqda

  • 11.03.2026 18:20
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final ilk  bahsida "Nyukasl" Kataloniyaning "Barselona" klubi bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi. "Qargalar" forvardi Harvi Barns jamoasining keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari haqida gapirdi.

"Oldinga o'tish imkoniyatimiz bormi? Albatta. O'tgan uchrashuvda to'pni yaxshi nazorat qildik va raqib hujumlarini to'xtatdik. G'alabaga juda yaqin edik. Hozir hisob teng, oldinga o'tishimizga ishonamiz", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, o'tgan uchrashuvda "Barselona" hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda penalti dan gol urgan edi. Jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 18 mart kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.

Abduvaliev Aziz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!