"Nyukasl"ga qarshi ishonchli harakat qilgan Abduqodir Husanov necha ballga loyiq ko'rildi?
Xabaringiz bor, bugun Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" Angliya Liga kubogining ilk to‘qnashuvida "Nyukasl Yunayted"ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, javob o‘yinidan oldin o‘zi uchun qulaylik yaratib oldi. Bellashuvni O‘zbekiston terma jamoamiz a’zosi hisoblangan Abduqodir Husanov asosiy tarkibda boshlab 90 daqiqa harakat qilishga muvaffaq bo‘ldi.
To‘qnashuvdan so‘ng esa bir necha mashhur statistik portallar futbolchimizga turlicha ballar qo‘yishdi. Vakilimizga qo‘yilgan ballar bilan tanishing
"Fotmob" vakilimizni 8.0 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Husanovga 8.1 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur statistik portaldan biri hisoblangan "Flashscore" esa hamyurtimizga 7.6 ball berdi.
Ma’lumot o‘rnida, "shaharliklar" navbatdagi bellashuvini 17 yanvar kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar