“Nyukasl”ga Mourino kerak! Joze "Roma"ni tashlab ketadimi?

  • 16 oktabr, 2021, 12:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” va Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Denni Millz “Nyukasl”ning yangi xo‘jayinlariga bosh murabbiylikka Joze Mourinoni taklif etishni maslahat beryapti. Ayni paytda “Nyuksl”ni Stiv Bryus boshqarmoqda. Biroq, uning o‘zi ham tez orada kursisini bo‘shatishi lozimligini yaxshi biladi.

Tecno

- Agar “Nyukasl” muvaffaqiyat qozonishga qodir yangi jamoa qurish uchun mablag‘ ajratadigan bo‘lsa, bosh murabbiy lavozimiga Joze Mourinoni taklif qilishi kerak. Agar Jozega etarli darajada pul ajratib, unga erkinlik berilsa, jamoani boshqalarga qaraganda kutilayotgan muvaffaqiyatga eng tez etaklay oladi.

“Nyukasl” uzoq yo‘lni tanlasa, joriy mavsumda premer-ligadagi o‘rnini saqlab qolishi, keyingi yildan kuchli oltilikka kirish uchun kurashishi mumkin. Agar autsayderlar qatoridan chiqib, shu mavsumning o‘zida kuchli to‘rtlikdan joy olish kerak bo‘lsa, bu ishni faqatgina Mourino uddalay oladi.

Biroq, Jozega o‘zi istagan futbolchilarni olish uchun kattagina mablag‘ ajratish lozim. Mourino bunday imkoniyatni berish mumkin bo‘lgan kam sonli murabbiylardan. U bir hafta ichida muvaffaqiyat qozonishga qodir bo‘lgan jamoa tuza oladi.  Uning shogirdlari zo‘r o‘ynamasligi mumkin, lekin natija albatta bo‘ladi, - deydi Denni Millz.

101226_m

Mourino menga g‘oliblik ruhini singdirgan

“Manchester Yunayted”ning hujumkor futbolchisi Jessi Lingard jamoani boshqargan Joze Mourino haqida iliq fikrlarini bildirdi. Lingardning o‘yini aynan portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida ochilgan edi. Mourino bilan birga angliyalik futbolchi ikkita sovrin – Liga kubogi va Evropa Ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Jessi Lingard Mourino unda sovrinlar yutish ishtiyoqini uyg‘otganini alohida ta’kidladi.

- Mourino “Manchester Yunayted” bsh murabbiyi bo‘lgan. Unga o‘yinchilarning jarohat olishi yoqmas edi. U jarohatlar haqida eshitishni istamasdi. Menda ham shunday bo‘lgan. Bir marta unga: “Bunda mening aybim yo‘q-ku, Boss”, - deganman.

Joze bilan do‘stona munosabatlarni saqlab qoldim. U menga nisbatan yaxshi munosabatda. Jarohatlarga yo‘liqqan davrgacha meni muhim uchrashuvlarda muntazam o‘ynatardi. Birgalikda sorvinlar yutdik va u meni g‘olibga aylantirdi. U yangi qirralarni ochishni biladi.

Mourino shogirdlari bilan shaxsan gaplashib turishni yoqtiradi. Ba’zan kutilmaganda qo‘ng‘iroq qilib, hol-ahvol so‘rab turadi, - deydi Jessi Lingard.

raul-valdano-1

Pellegrini jangga tayyor

“Roma” sardori Lorentso Pellegrini  isitmasi ko‘tarilgani bois, jamoasining bir necha mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborgan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “bo‘rilar” etakchisi 17 oktyabr kuni “Yuventus”ga qarshi maydonga tushishga tayyor. Kasallanganidan keyin klub mashg‘ulotlar bazasini tark etgan 25 yoshli yarim himoyachi bir necha kun yakka tartibda shug‘ullanishiga to‘g‘ri keldi.

Manbalarning xabar qilishicha, Pellegrini umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan va o‘zini yaxshi his qilmoqda.

“Roma” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Lorentso Pellegrini Joze Mourino jamoasi muvaffaqiyatlariga eng katta hissa qo‘shayotgan futbolchi hisoblanadi.

1_Yes8Y7081dp6GaOconvc4w

Kalafori uchun muhim o‘yin

“Roma”ning urugvaylik himoyachisi Matias Vina milliy terma jamoasidan kutilganidan ancha kech qaytadi va “Yuventus” bilan bo‘ladigan bellashuvni o‘tkazib yuboradi.

Joze Mourino asosiy himoyachilaridan birining o‘rnini yosh futbolchi Rikkardo Kalafori bilan to‘ldirmoqchi. 8-turning markaziy uchrashuvi 19 yoshli Kalafori uchun  alohiyada ahamiyat kasb etadi.

Rikkardo “Roma” asosiy tarkibidagi debyutini o‘tgan mavsumda aynan “Yuventus”ga qarshi o‘yinda nishonlagan edi.  Turin mezbonlik qilgan o‘sha bahda “bo‘rilar” 3:1 hisobida zafar quchgan.

Shomurodovning transfer summasi keskin ko‘tarildi!

Koronavirus yuqtirgan Evropadagi legionerlarimiz karantinda qolmoqda

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!